Янгиликлар
Xotin-qizlarning kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari kengaytiriladi
Xotin-qizlarning kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari kengaytiriladi
“Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–240-son, 03.12.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, quyidagilar ushbu Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilandi:
mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari (Markazlar) faoliyatini kengaytirish;
2026–2027 yillarda “HAMROH” xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi” MChJ (Kompaniya) tomonidan:
▪️ 6 ming nafar xotin-qizlarning tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trln so‘m yo‘naltirish;
▪️ 2,8 ming nafar xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish;
▪️ 2 ming nafar xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatiga hamrohlik qilish asosida ko‘maklashish.
Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tashkil etilgan Markazlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri oila va xotin-qizlar boshqarmalari tomonidan tikuvchilik, qandolatchilik, fitnes, sheyping, xotin-qizlarni kasbga o‘qitish kabi faoliyatlarni tashkil etish uchun ijaraga beriladi.
Bekobod tuman FHDYo bo‘limi mudirasi U.To‘xtabaeva