Янгиликлар
Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan “NAMRON” tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi (Dastur) doirasida xotin-qizlarning tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi qo‘shimcha instrumentlar joriy etiladi:

???? tijorat banklari tomonidan ta’sischilari tarkibida ayollar ulushi 50 foiz va undan yuqorini tashkil qilgan va (yoki) rahbari ayol kishi bo‘lgan kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlarining kamida 10 ta ish o‘rni yaratishni nazarda tutuvchi loyihalariga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 10 foiz punkt yuqori stavkagacha BHMning 25 ming baravarigacha miqdorda kredit ajratish;
“Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ tomonidan tijorat banklari kreditlarining 70 foizigacha bo‘lgan qismiga kafolat (kafillik) taqdim etish.
Dastur doirasida:
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mazkur Farmonda nazarda tutilgan mablag‘larni Kompaniyaga yo‘naltirish uchun “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga Markaziy bankning asosiy stavkasida 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga ajratadi;
Kompaniya kreditlarni moliyalashtirish uchun mablag‘larni tijorat banklariga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz punkt yuqori stavkagacha 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yildan oshmagan muddatga joylashtiradi.
Bekobod tuman FHDYo bo‘limi mudirasi U.To‘xtabaeva