Янгиликлар
O‘qituvchilarga dars soatlari ularning erishgan natijalari va kasbiy mahoratiga qarab taqsimlanadi
O‘qituvchilarga dars soatlari ularning erishgan natijalari va kasbiy mahoratiga qarab taqsimlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 20-iyundagi 8-mh, 28, 124/1-son qaroriga ilova Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yilning 30-iyunida 3271-bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mazkur Nizom bilan o‘qituvchilarning tarifikasiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi belgilandi.Endilikda o‘qituvchilarga dars soatlarni taqsimlashda ularning erishgan natijalari hamda kasbiy mahoratiga qarab ustuvorlik belgilandi. Bunda o‘qituvchlar pedagogik faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan bo‘lsa va kasbiy mahorati yuqori bo‘lsa, birinchi navbatda ularga ko‘proq dars soatlarini ajratish belgilab qo‘yildi. Shu o‘rinda aytish joizki, bilimli, tajribali va o‘z ustida doimiy ishlaydigan o‘qituvchiga ko‘proq dars soati ajratilishi maktablarda ta’lim sifatining oshishiga xizmat qilib, kelgusida o‘zining ijobiy samarasini beradi.
Nizomning 15-bandida belgilangan Umumta’lim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, har yili 15-sentabrga qadar o‘qituvchilarga dars soatlari quyidagi ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:
xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);
TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan o‘qituvchilar;
asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblari;
respublika bosqichidagi ko‘rik tanlovlarda (yil o‘qituvchisi) sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;
oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari;
ikkinchi malaka toifaga ega o‘qituvchilar;
pedagogik yo‘nalish bo‘yicha magistr darajasiga ega o‘qituvchilar;
belgilangan tartibda o‘z fanidan o‘tkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi bo‘yicha a’lo baholarga ega o‘qituvchilar;
oliy ma’lumotli toifasiz o‘qituvchilar;
qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar;
oliy ta’lim muassasalarining pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalari;
pedagogik yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan o‘qituvchilar;
oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar;
oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlari.
Umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan dars soatlari qayta taqsimlanishi mumkin.
Ushbu ketma-ketlik asosida o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari (bir yarim stavkagacha) belgilanishi tavsiya etiladi. Shu bilan birga maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin bo‘lgan dars soatlari boshqa o‘qituvchilarga berilishi mumkin bo‘ldi.
Mazkur Nizomning 16-bandiga ko’ra Yuqoridagi ko‘rsatkichlar ketma-ketlik asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi.
Maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin bo‘lgan dars soatlari boshqa o‘qituvchilarga berilishi mumkin.
O‘qituvchi mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan ko‘rsatkichlarning bir nechtasiga ega bo‘lganda, ko‘rsatkichlarning eng ustuvorini inobatga olgan holda dars soatlari taqsimlanadi.
Yana bir muhim jihati, aynan bir xil ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lgan bir nechta o‘qituvchilar o‘rtasida dars soatlari teng taqsimlanishi belgilab qo’yildi.
Shaffoflikni ta’minlash maqsadida umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan taqsimlangan dars soatlari har yili 17-sentabrga qadar elektron dasturga kiritiladi.
Bekobod tuman FHDYo bo‘limi mudirasi U.To‘xtabaeva