Янгиликлар
Ish muomalasi odatlari mahalliy odat va an’analar nima? (FKning 6-moddasiga ko`ra)
Ish muomalasi odatlari mahalliy odat va an’analar nima?
(FKning 6-moddasiga ko`ra)
Tadbirkorlik faoliyatining biron-bir sohasida vujudga kelgan va keng qo‘llaniladigan, qonunchilikda nazarda tutilmagan xulq-atvor qoidasi, biron-bir hujjatda yozilganligi yoki yozilmaganligidan qat’i nazar, ish muomalasi odati deb hisoblanadi.
Fuqarolik qonunchiligida tegishli normalar bo‘lmagan taqdirda, bu munosabatlarni tartibga solishda mahalliy odat va an’analar qo‘llaniladi.
Tegishli munosabat ishtirokchilari uchun majburiy bo‘lgan qonunchilik normalariga yoki shartnomaga zid bo‘lgan ish muomalasi odatlari, mahalliy odat va an’analar qo‘llanilmaydi.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM boshlig`i A.Iskandarov