Янгиликлар
O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlarning muomala layoqati nima? FK ning 29-moddasiga ko`ra
O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlarning muomala layoqati nima?
FK ning 29-moddasiga ko`ra
O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun bitimlarni, ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilganlardan tashqari, ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin.
Olti yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan kichik yoshdagi bolalar quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar:
1) mayda maishiy bitimlar;
2) tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni talab qilmaydigan bitimlar;
3) qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan muayyan maqsad yoki erkin tasarruf etish uchun berilgan mablag‘larni tasarruf etish borasidagi bitimlar.
Kichik yoshdagi bolaning bitimlari bo‘yicha, shu jumladan o‘zi mustaqil tuzgan bitimlar bo‘yicha uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiyi, agar ular majburiyatning buzilishida o‘zlarining ayblari yo‘qligini isbotlay olmasalar, mulkiy javobgar bo‘ladilar. Ushbu shaxslar qonunga muvofiq kichik yoshdagi bolalar yetkazgan zarar uchun ham javobgar bo‘ladilar.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM boshlig`i A.Iskandarov