Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Fuqarolik huquqlari obyektlarining muomalada bo‘lishitushuntirish bering? FKning 82-moddasiga asosan


Fuqarolik huquqlari obyektlarining muomalada bo‘lishitushuntirish bering?

 

FKning 82-moddasiga asosan

 

Fuqarolik huquqlarining obyektlari erkin suratda boshqa shaxslarga berilishi yoki universal huquqiy vorislik (meros qilib olish, yuridik shaxsni qayta tashkil etish) tartibida yoxud boshqa usul bilan, agar ular muomaladan chiqarilmagan yoki ularning muomalada bo‘lishi cheklab qo‘yilmagan bo‘lsa, bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tishi mumkin.

Muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydigan fuqarolik huquqlari obyektlarining turlari (muomaladan chiqarilgan obyektlar) qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Muayyan muomala ishtirokchilarigagina qarashli bo‘la oladigan yoki muomalada bo‘lishiga maxsus ruxsatnoma bilan yo‘l qo‘yiladigan fuqarolik huquqlari obyektlarining (muomalada bo‘lishi cheklangan obyektlarning) turlari qonunda ko‘rsatilgan tartibda belgilanadi.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM boshlig`i A.Iskandarov