Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Ko‘chmas mol-mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi qanaqa? FKning 84-moddasiga ko`ra


Ko‘chmas mol-mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi qanaqa?

FKning 84-moddasiga ko`ra

 

Ko‘chmas mulkka egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

Ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuziladigan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqlar haqidagi axborotni har qanday shaxsga berishi shart.

Axborot, ro‘yxatdan o‘tkazish qayerda amalga oshirilganidan qat’i nazar, ko‘chmas mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi har qanday organ tomonidan beriladi.

Ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqni yoki u haqda tuzilgan bitimni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarining buzilishi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM boshlig`i A.Iskandarov