Янгиликлар
Xususiy va turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolarga nimalar kiradi? FKning 87-moddasiga ko`ra
Xususiy va turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolarga nimalar kiradi?
FKning 87-moddasiga ko`ra
Alohida, faqat o‘zigagina xos, uni bir xil ashyolar orasidan ajratib turadigan va shu tariqa xususiy alomatlarga ega bo‘lgan ashyo xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyo hisoblanadi. Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar jumlasiga noyob, ya’ni o‘zi bir dona bo‘lgan ashyolar, shuningdek muayyan usul bilan ajratib qo‘yilgan ashyolar (muhr bosish, alohida belgilar tushirish, nomer, raqam berish va shu kabilar) kiradi.
Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar boshqasi bilan almashtirib bo‘lmaydigan ashyolardir.
Bir turdagi hamma ashyolarga xos alomatlarga ega bo‘lgan hamda soni, og‘irligi, o‘lchovi va shu kabilar bilan belgilanadigan ashyolar turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar hisoblanadi.
Turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar boshqasi bilan almashtirsa bo‘ladigan ashyolardir.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM boshlig`i A.Iskandarov