Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Iste’mol qilinadigan va iste’mol qilinmaydigan ashyolarga nimalar kiradi? FKning 89-moddasiga asosan


Iste’mol qilinadigan va iste’mol qilinmaydigan ashyolarga nimalar kiradi?

FKning 89-moddasiga asosan

 

Bir karra foydalanish natijasida yo‘qolib ketadigan yoki dastlabki holatida mavjud bo‘lmay qoladigan ashyolar (xom ashyo, yoqilg‘i, oziq-ovqat mahsulotlari va shu kabilar) iste’mol qilinadigan ashyolar hisoblanadi.

Qayta-qayta foydalanishga mo‘ljallangan, bunda o‘zining dastlabki holatini uzoq vaqt davomida saqlab qoladigan hamda asta-sekin yemirilib boradigan ashyolar (binolar, uskunalar, transport vositalari) iste’mol qilinmaydigan ashyolar hisoblanadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining 01.12.2011-yildagi “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandi.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM boshlig`i A.Iskandarov