Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Ishga joylashtirish bo‘yicha davlat kafolatlari bormi?


Ishga joylashtirish bo‘yicha davlat kafolatlari bormi?

 

Amaldagi mehnat kodeksining 95-moddasiga asosan Davlat: bandlik turini, shu jumladan turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligini;

ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan, qonunga xilof ravishda boshqa ishga o‘tkazishdan, xodimni ishdan chetlashtirishdan va mehnat shartnomasini bekor qilishdan himoyalanishni;

maqbul keladigan ish tanlashga va ishga joylashishga bepul ko‘maklashishni;

kasb egallashda va ishga ega bo‘lishda, mehnat qilish va bandlik sharoitlarida, mehnatga haq to‘lashda, xizmat pog‘onalari bo‘yicha ko‘tarilishda har kimga imkoniyatlar tengligi yaratilishini;

ish qidirayotgan shaxslarni va ishsizlarni kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga hamda ularning malakasini oshirishga ko‘maklashishni;

mehnat organlarining taklifiga ko‘ra ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy ravishda ko‘chib ketish munosabati bilan qilingan xarajatlar kompensatsiya qilinishini;

haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etish imkoniyatini kafolatlaydi.

Ishga joylashtirish bo‘yicha kafolatlarni taqdim etish tartibi aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanadi.

 

 

Bekobod tuman Adliya bo’limi YXKM bosh yuriskonsulti X.M. Rizaqulov