Янгиликлар
Mehnat shartnomasining muddatini belgilash bo’yicha qanday usullari bor?
Mehnat shartnomasining muddatini belgilash bo’yicha qanday usullari bor?
Amaldagi mehnat kodeksining 114-moddasiga asosan Muddatli mehnat shartnomasida uning muddati quyidagilar orqali belgilanishi mumkin:
mehnat shartnomasi muddatining umumiy davomiyligini kunlarda, oylarda, yillarda ko‘rsatish;
mehnat shartnomasi bo‘yicha ish boshlanadigan kalendar sanani va mehnat shartnomasining muddati tugaydigan kalendar sanani ko‘rsatish;
yuz berishi bilan mehnat shartnomasining muddati tugaydigan hodisani aniqlash (obyektni foydalanishga topshirish, o‘rniga ishlab turish vaqtiga boshqa xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilgan vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning ishga chiqishi va boshqalar).
Bekobod tuman Adliya bo’limi YXKM bosh yuriskonsulti X. M. Rizaqulov