Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Ish beruvchi tomonidan xodimning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish va ularni himoya qilish tartibi buzilishining qanday huquqiy oqibatlari bor?


Ish beruvchi tomonidan xodimning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish va ularni himoya qilish tartibi buzilishining qanday huquqiy oqibatlari bor?

Amaldagi mehnat kodeksining 180-moddasiga asosan Agar ish beruvchi tomonidan xodimning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish va ularni himoya qilish tartibi buzilganligi xodimning mehnat qilish imkoniyatidan qonunga xilof ravishda mahrum bo‘lishiga sabab bo‘lsa yoki xodimning mehnatiga haq to‘lash miqdorining pasayishiga olib kelsa, xodimning mahrum bo‘lgan ish haqi o‘rnini qoplash majburiyati o‘z aybi bilan mazkur qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilgan ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi.

Ish beruvchi tomonidan xodimning nomiga dog‘ tushiradigan va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar tarqatilgan taqdirda, ish beruvchi ushbu ma’lumotlarni rad etishi shart.

 

Bekobod tuman Adliya bo’limi YXKM bosh yuriskonsulti X. M. Rizaqulov