Янгиликлар
Ishlanmaydigan bayram kunlari arafasidagi ishning davomiyligi qanday tartibda belgilangan?
Ishlanmaydigan bayram kunlari arafasidagi ishning davomiyligi qanday tartibda belgilangan?
Amaldagi mehnat kodeksining 187-moddasiga asosan Ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.
Bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.
Bekobod tuman Adliya bo’limi YXKM bosh yuriskonsulti X. M. Rizaqulov