Янгиликлар
Har yilgi mehnat ta’tillarining davomiyligi qanday tartibda hisoblab chiqariladi?
Har yilgi mehnat ta’tillarining davomiyligi qanday tartibda hisoblab chiqariladi?
Amaldagi mehnat kodeksining 221-moddasiga asosan Xodimlarning har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillarining davomiyligi kalendar kunlarda hisoblab chiqariladi.
Har yilgi mehnat ta’tili davriga to‘g‘ri keladigan ishlanmaydigan bayram kunlari mehnat ta’tillarining davomiyligini belgilashda hisobga olinmaydi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillarining davomiyligi olti kunlik ish haftasi hisobidan kalendar bo‘yicha ish kunlarida hisoblab chiqariladi.
Bekobod tuman Adliya bo’limi YXKM bosh yuriskonsulti X. M. Rizaqulov