Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

bo‘lgan oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi


bo‘lgan oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi

Yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish — imtiyozli toifadagi shaxslarning auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun tegishlicha “Saxovat va ko‘mak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan ushbu jamg‘armalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar tomonidan bir martalik to‘lovlarni amalga oshirilib berilishidir.

Imtiyozli toifadagi shaxslar kimlar?

“Ayollar daftari”ga kiritilgan shaxslar;

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan shaxslar;

“Temir daftar”ga kiritilgan shaxslar.

Onlayn auksion orqali yer uchastkasini sotib olishda moddiy yordam olish uchun kimga murojaat qilish lozim?

Moddiy yordamni olish uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga borib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali murojaat qilinadi.

Bir martalik to‘lovni olishda imtiyozli shaxslar qanday murojaat qilishlari lozim?

Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlari ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etganda esa, so‘rovnomani elektron ravishda mustaqil to‘ldiradi.

Bir martalik to‘lovni olish uchun qachondan boshlab murojaat qilish mumkin?

Ariza beruvchi auksion orqali yer uchastkasi sotib olgandan boshlab 3 oy ichida sotib olish bilan bog‘liq xarajatni qoplab berish yuzasidan murojaat qilishi lozim.

Yer uchastkasi sotib olingandan keyin 3 oydan so‘ng murojaat qilinsa arizalar ko‘rib chiqiladimi?

Uch oy muddatdan kechikib berilgan so‘rovnomalar ko‘rib chiqilmaydi.

Masalan: Yer uchastkasi sotib olinganiga 4 oy bo‘lgan bo‘lsa, bir martalik yer uchastkasi xarajatlarini qoplash bilan bog‘liq xarajatlar uchun yuborilgan ariza ko‘rib chiqilmaydi.

Bir martalik to‘lov qancha miqdorda qoplab beriladi?

Bir martalik to‘lov yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oilasi tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qat’i nazar, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha (34 million so‘m) miqdorda ajratiladi.

Masalan: Bir oilada ikki nafar nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lsa ham 34 mln so‘mgacha pul ajratiladi.

Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlari miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha bo‘lganda to‘liq qoplanadi. Xarajatlar miqdori ushbu chegaradan yuqori bo‘lganda esa — xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.

Bir martalik to‘lovni amalga oshirishda imtiyozli shaxslar uchun qanaqa mezonlar bor?

oxirgi 12 oy davomida o‘zi yoki oila a’zolari nomida yashash uchun mo‘ljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud bo‘lmasligi;

yer uchastkasi oxirgi 3 oy ichida auksion orqali xarid qilingan va O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lishi;

qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyalari tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan, shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ning birida turgan bo‘lishi.

Bir martalik to‘lov qanday asoslarga ko‘ra rad etilishi mumkin?

Imtiyozli toifadagi shaxslarning ma’lumotlari mezonlarga tushmasligi aniqlanganda, komissiya tomonidan bir martalik to‘lovni ajratish rad etiladi. Bu haqda bir ish kunida QR-kod qo‘yilgan xabarnoma rad etishni qonunchilik hujjatlari bilan asoslagan holda rasmiylashtiriladi va tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga yoki my.gov.uz orqali ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Bir martalik to‘lovni boshqa asoslar bo‘yicha ajratishni rad etish taqiqlanadi.

Toshkent tumani YXKM

boshlig‘i:                                                                                            S.Raxmatov