Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Xodimlarning va ular vakillarining talablar qo‘yishi tartibi qanaqa ?


Xodimlarning va ular vakillarining talablar qo‘yishi tartibi qanaqa ?

 

Tashkilotda yoki jismoniy shaxs bo‘lgan ish beruvchida xodimlarning vakilligini hamda ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishni boshlang‘ich darajada kasaba uyushmasi qo‘mitasi amalga oshiradi. Xodimlarning va ish beruvchilarning manfaatlarini aynan bitta vakillik organi ifoda etishi hamda himoya qilishi mumkin emas.

Xodimlar vakilligini, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishni quyidagilar amalga oshiradi:

hududiy va tarmoq darajalarida — tegishli kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari va bo‘linmalari;

respublika darajasida — respublika kasaba uyushmalari birlashmalari belgilangan xodimlar va ularning vakillari talablar qo‘yish huquqiga ega.

Tashkilot (tashkilotning alohida bo‘linmasi) xodimlari va (yoki) ularning vakillari tomonidan qo‘yilgan talablar xodimlarning tegishli umumiy yig‘ilishida (konferensiyasida) tasdiqlanadi, yozma shaklda bayon qilinadi hamda xodimlarning jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) uchun ular vakolat bergan vakillar tomonidan ish beruvchiga yuboriladi.

Ish beruvchi xodimlarga yoki xodimlarning vakillariga talablar qo‘yish yuzasidan umumiy yig‘ilish (konferensiya) o‘tkazish uchun zarur xona berishi shart va uni o‘tkazishga to‘sqinlik qilishga haqli emas.

Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining talablari ularning saylab qo‘yiladigan kollegial organlari tomonidan qo‘yiladi va ijtimoiy sheriklik taraflariga yuboriladi.

Ayrim talablar jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) bo‘yicha tegishli davlat organiga yuborilishi, shu jumladan elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. Bu holda jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) bo‘yicha davlat organi talablarni jamoaviy mehnat nizosining boshqa tarafi olganligini tekshirishi shart.

 

Toshkent tuman adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                        K.A.Shadiyev