Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya qarorining ijro etilishini gapirib bering ?


Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya qarorining ijro etilishini gapirib bering ?

 

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarorini ish beruvchi ushbu qaror ustidan shikoyat qilish uchun nazarda tutilgan o‘n kun o‘tganidan keyin uch kunlik muddatda ijro etishi kerak.

Ish beruvchi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatda mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarorini ijro etmagan taqdirda, komissiya tomonidan xodimga ijro varaqasi kuchiga ega bo‘lgan guvohnoma beriladi.

Guvohnomada:

mehnat nizosi bo‘yicha qaror chiqargan mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning nomi;

qaror qabul qilingan va guvohnoma berilgan sanalar;

xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi;

nizoning mohiyati bo‘yicha qaror ko‘rsatiladi.

Guvohnoma komissiya raisi va kotibining imzolari bilan tasdiqlanadi hamda xodimga imzo qo‘ydirib beriladi.

Xodim mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida guvohnomani olish uchun komissiyaga murojaat qilishi mumkin.

Agar xodim yoki ish beruvchi yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiqish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilgan bo‘lsa, guvohnoma berilmaydi.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya tomonidan berilgan hamda olingan kunidan e’tiboran uch oydan kechiktirilmagan muddatda taqdim etilgan guvohnoma asosida davlat ijrochisi komissiyaning qarorini “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq majburiy tartibda ijro etadi.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya ushbu moddaning beshinchi va yettinchi qismlarida belgilangan muddatlarni xodim uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborgan deb topsa, komissiya bu muddatlarni tiklaydi.

 

Toshkent tuman adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                       M.G’.Kurbanov