Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Akademiyada qisqa muddatli kurslar joriy etiladi.


Akademiyada qisqa muddatli kurslar joriy etiladi.

“Istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash hamda ularni davlat boshqaruvi va xizmatiga samarali jalb etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-78-son, 05.05.2025 y.) qabul qilindi.    

Farmonga ko‘ra, yil 1 oktyabrdan Akademiyada davlat xizmatidagi rahbarlar, rahbarlikka nomzodlar va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslar joriy etiladi.

2026 yil 1 yanvardan Akademiyada muddati 6 oygacha bo‘lgan qayta tayyorlash ta’lim dasturlari joriy etiladi.

2025/2026 o‘quv yilidan “Hududlarni kompleks rivojlantirish”, “Davlat boshqaruvi”, “Inson resurslarini rivojlantirish” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

2026/2027 o‘quv yilidan:

“Davlat siyosati” (Public Policy) va “Davlat moliyasini boshqarish” (Public Finance Management) magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi;

yuqori malakali va zamonaviy bilimlarga ega boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirib borish maqsadida amaliyotchi boshqaruvchilar uchun maxsus dasturlar (Executive MPA va Executive MBA) joriy etiladi;

magistratura dasturlari xorijdagi nufuzli oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari va modullar bo‘yicha tashkil etiladi.

 

Toshkent tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh maslahatchisi Ollomberdi Saidmurodov