Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Yo‘l harakati qoidabuzarliklarni jarima ballari asosida baholash tartibi belgilandi


Yo‘l harakati qoidabuzarliklarni jarima ballari asosida baholash tartibi belgilandi

 

Hukumat qarori (296-son, 06.05.2025 y.) bilan “Yo‘l harakati qoidabuzarliklarni jarima ballari asosida baholash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom transport vositasini boshqarish jarayonida yo‘l harakati qoidabuzarliklarni sodir etish holatlarini jarima ballari asosida baholash, jarima ballarini hisoblash, hisoblangan jarima ballari bo‘yicha murojaat qilish va ularni ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.

Jarima ballari faqat Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar bo‘yicha qabul qilingan qarorlar asosida hisoblanadi.

Nizomga ko‘ra, jarima ballari haydovchilar qoidabuzarliklarni birinchi marta sodir etgan kundan boshlab, keyingi yil shu kunga qadar amalda hisoblanadi.

Jarima ballarini hisoblash davrida jarima ballari o‘n ikki ballga yetmasa, to‘plangan ballar keyingi jarima ballarini hisoblash davri uchun hisoblanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Jarima ballarini hisoblash tartibi:

jarima ballari tizimi "E-jarimaball" moduli orqali inson omilisiz avtomatlashtirilgan tartibda hisoblanadi;

haydovchilar o‘zining jarima ballari haqidagi ma’lumotlarni istalgan paytda "E-jarimaball" tizimi orqali olishlari mumkin;

haydovchilar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar sakkiz ballga teng bo‘lganda "SMS" xabar yuborish yo‘li bilan ogohlantiriladi ;

sud tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan deb topilsa, jarima ballari huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab hisoblanadi.

Mazkur qaror 2025 yil 1 iyundan kuchga kiradi.

 

 

Toshkent tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘I Suhrob Raxmatov