Янгиликлар
Yangi tashkil etiladigan ta’lim tashkilotlari faoliyati ikki bosqichda yo‘lga qo‘yiladi
Yangi tashkil etiladigan ta’lim tashkilotlari faoliyati ikki bosqichda yo‘lga qo‘yiladi
“Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-76-son, 05.05.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 iyuldan yangi tashkil etiladigan ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqichda faoliyatni boshlash uchun o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tashkilotlari o‘rnatilgan tartibda litsenziyalanadi, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim tashkilotlari xabardor qilish tartibida tashkil etiladi;
2-bosqichda ta’lim tashkilotlarining kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladigan ta’lim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi. Bunda:
maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tmagan ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim oluvchilarni o‘qishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;
maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tmasdan qabul jarayonini amalga oshirish litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzish deb baholanadi va ta’lim tashkilotiga berilgan litsenziyaning bekor qilinishiga asos bo‘ladi.
Toshkent tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh maslahatchisi Kurbanov Mirjalol