Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi


Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi

 

“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2025 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (288-son, 02.05.2025 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan quyidagilarga muvofiq, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2025 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi:

fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini izchil takomillashtirish;

fuqarolik jamiyati institutlariga ko‘maklashish hamda ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;

fuqarolik jamiyati institutlarining davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

fuqarolik jamiyati vakillarini ma’naviy rag‘batlantirish hamda islohotlarni sarhisob va targ‘ib qilish.

 

 

Toshkent tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘I Suhrob Raxmatov