Янгиликлар
Har yilning noyabr oyi “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” deb e’lon qilinadi
Har yilning noyabr oyi “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” deb e’lon qilinadi
“Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-153-son, 30.04.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, har oy yakuni bo‘yicha tizimida eng ko‘p kiberjinoyatlar qayd etilgan banklar va to‘lov tashkilotlari ro‘yxati ommaga e’lon qilinadi.
Markaziy bank tomonidan aholi pul mablag‘larini jalb qilishga qaratilgan firibgarlik sxemalari (“moliyaviy piramida”) alomatlarini aniqlash hamda ular haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tezkor xabar berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Respublika miqyosida har yilning noyabr oyi “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” deb e’lon qilinadi
Kiberjinoyatlarning shakllari va ularni sodir etish usullari to‘g‘risida ogohlantirish uchun internet va ijtimoiy tarmoqlardagi maqsadli (target) reklama xizmatidan bepul tarzda foydalaniladi.
Markaziy bank 2025 yil 1 sentyabrgacha quyidagi kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni amalga oshiradi:
banklar, to‘lov tizimi operatorlari, to‘lov tashkilotlari hamda kredit byurolarining tranzaksiyalari va boshqa zaruriy ma’lumotlarini Markaziy bankning yagona platformasiga integratsiya qilish;
Markaziy bankda markazlashgan antifrod tizimini hamda banklar, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarining antifrod tizimlarini joriy etishni yakuniga yetkazish.
Toshkent tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh maslahatchisi Kurbanov Mirjalol