Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Nomoddiy madaniy meros namunalarini ro‘yxatga kiritish yoki undan chiqarish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi belgilandi


Nomoddiy madaniy meros namunalarini ro‘yxatga kiritish yoki undan chiqarish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi belgilandi

 

Hukumat qarori (256-son, 24.04.2025 y.) bilan “Nomoddiy madaniy meros namunalarini ro‘yxatga kiritish yoki undan chiqarish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish” ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Mazkur Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga YAIDXP (my.gov.uz) va Davlat xizmatlari markazlari orqali nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy ro‘yxatlariga kiritish hamda ulardan chiqarish, shuningdek, ularning ushbu ro‘yxatlarga kiritilgan yoki kiritilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotlar olish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti ushbu sohada vakolatli organ hisoblanadi.

Reglamentga ko‘ra, Nomoddiy madaniy meros namunalarini:

milliy ro‘yxatga kiritish yoki undan chiqarish masalasi ilmiy-metodik kengash tomonidan;

mahalliy ro‘yxatga kiritish yoki undan chiqarish masalasi ekspertlar guruhi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy ro‘yxatlariga kiritish yoki ulardan chiqarish, shuningdek, ularning ushbu ro‘yxatlarga kiritilganligi yoki kiritilmaganligi to‘g‘risida belgilangan shakldagi ma’lumotnoma beriladi.

Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun to‘lov undirilmaydi.

 

Toshkent tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘I Suhrob Raxmatov