Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Banklarga o‘rnatiladigan makroprudensial normativlarga doir talablar belgilandi


Banklarga o‘rnatiladigan makroprudensial normativlarga doir talablar belgilandi

 

«Banklarga o‘rnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha to‘lovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar to‘g‘risida» gi nizom (ro‘yxat raqami: 3618, 22.04.2025 y.) Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur Nizom banklarga, shu jumladan mikromoliya banklariga (bank) qo‘yiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha to‘lovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablarni belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, banklarga o‘rnatiladigan makroprudensial normativlarga quyidagilar kiradi:

▪️qarz yuki ko‘rsatkichi;

▪️kreditning garovga nisbati ko‘rsatkichi;

▪️kreditlar (mikroqarzlar) kesimida to‘planish (konsentratsiya) koeffitsiyentlari.

Bank tomonidan qarz oluvchiga kredit (mikroqarz) berilishida uning qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshmasligi lozim.

Shuningdek, bank tomonidan qarz oluvchiga beriladigan kredit (mikroqarz) bo‘yicha foiz to‘lovlari hamda boshqa to‘lovlar yig‘indisi kreditning (mikroqarzning) asosiy qarz qoldig‘iga nisbatan kunlik 0,25 foizdan oshmasligi lozim.

 

 

 

Toshkent tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘I Suhrob Raxmatov