Янгиликлар
Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlari yanada mustahkamlanadi
Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlari yanada mustahkamlanadi
"Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni (PF-68-son, 21.04.2025 y.) qabul qilindi
Farmonga ko‘ra, diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
jamiyatda diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo totuvlikni yanada mustahkamlashga oid ilg‘or mexanizmlarni joriy etish;
diniy-ma’rifiy sohada kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish orqali zamon talablariga mos mutaxassislarni yetishtirish;
aholi orasida birdamlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat ruhini kuchaytirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan dolzarb ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash;
“Bag‘rikeng jamiyat – barqaror davlat” tamoyili asosida yangi hamkorlik tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda, hamkorlar:
➖Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
➖O‘zbekiston mahallalari uyushmasi
➖Yoshlar ishlari agentligi
➖Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
➖Ichki ishlar vazirligi
Ushbu hamkorlik tizimining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
▫️diniy sohadagi davlat siyosatini amalga oshirishda davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
▫️vijdon erkinligini ta’minlash, turli konfessiyalar vakillarining o‘zaro ahil-inoq va hamjihat hayot kechirishini qo‘llab-quvvatlash.
Toshkent tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh maslahatchisi Ollomberdi Saidmurodov