Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Ayrim qonun hujjatlari o‘zgartirildi


Ayrim qonun hujjatlari o‘zgartirildi

 

Qonun (O‘RQ-1057-son, 17.04.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Qonun bilan qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga kapital bozorini, sug‘urta bozorini tartibga solish, lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha vakolatlar yuklatildi.

Qonun bilan «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunga sug‘urta tashkilotlari rahbariyati va mulkdorlarining ishchanlik obro‘siga qo‘yiladigan talablar kiritilmoqda.

Bundan tashqari, qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, lotereyalar tashkil etish, bukmekerlik, Internet jahon axborot tarmog‘ida tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish faoliyati litsenziyalanadigan faoliyat turlariga kiritildi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

Toshkent tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘I Suhrob Raxmatov