Янгиликлар
Piyodalar yo‘lagidan o‘tayotganda nimalarni qilish mumkin emas
Piyodalar yo‘lagidan o‘tayotganda nimalarni qilish mumkin emas
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeks 138-moddasiga binoan, quyidagi harakatlarni bajarganlik uchun javobgarlik belgilangan:
— piyodalarning yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmaslik; — yo‘lning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib o‘tish;
— piyodalar yo‘lning qatnov qismida telefondan foydalanishi;
— kitoblarni yoki davriy nashrlarni o‘qishi, videomateriallarni tomosha qilish;
— audiomateriallarni eshitish;
— e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish;
— moped va velosiped haydovchilarining, ulovli aravani boshqarib boruvchi va yo‘ldan foydalanuvchi boshqa shaxslarning yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmaslik,
— ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki ko‘rsatma beruvchi yo‘l belgilari talablariga rioya etmaslik.
Shuningdek, haydovchilarga har xil xizmat ko‘rsatish maqsadida yo‘lning qatnov qismida fuqarolarning turishi, yo‘llarga ajratilgan mintaqa tegrasida mol boqish — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi avariya holatini vujudga keltirsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Nurafshon shaxar
YUXKM boshlig‘i F.Nazarov