Янгиликлар
Ayollar daftariga kimlar kiritiladi?
Ayollar daftariga kimlar kiritiladi?
“Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:
????ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
????tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
????boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
????ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
????uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
????qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar.
“Ayollar daftari”ga xotin-qizlar yashab turgan joyi bo‘yicha kiritiladi, bunda xotin-qizlarning yashash joyi bo‘yicha doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatda turmasligi "Ayollar daftari"ga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
Nurafshon shaxar
YUXKM boshlig‘i F.Nazarov