Янгиликлар
1 noyabrdan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?
1 noyabrdan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?
Zargarlik buyumlarini nazorat qilishning yangi choralari belgilandi
Shunday qilib, xorijdan ishlab chiqarilgan va bojxona to‘lovlari to‘langanini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotuvga qo‘yish va sotish taqiqlanadi.
Qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari hamda qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallar litsenziya asosida eksport qilinadigan maxsus tovarlar ro‘yxatiga kiritiladi.
Shuningdek, Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining xulosasi bo‘lmagan zargarlik buyumlari yarim fabrikatlarini O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqish taqiqlanadi.
Elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilishga cheklovlar
Chiqindilar bilan ishlash xizmatlari uchun to‘lov to‘lanmagan taqdirda (elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanmagan hududlar bundan mustasno) abonentlardan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilishga vaqtinchalik cheklov kiritiladi.
Eski namunadagi aksiz markali spirtli ichimliklar va tamaki olib qo‘yila boshlaydi. Soliq va Bojxona qo‘mitalari eski namunadagi aksiz markali mahsulotlarni aniqlash va olib qo‘yishni boshlaydi.
"Eng toza mahalla" tanlovi boshlanadi
Noyabrdan yanvargacha tumanlar, viloyatlar va respublika darajasida "Eng toza mahalla" tanlovi o‘tkaziladi, uning natijalariga ko‘ra 14 ta g‘olib mahalla taqdirlanadi. Ekologiya jamg‘armasi hisobidan ularga chiqindi yig‘ish maydonchalari qurish, mahallaning ijtimoiy obyektlarida chiqindi yig‘ish konteynerlarini o‘rnatish va daraxt ekish uchun mablag‘ ajratiladi. Shuningdek, g‘oliblarga xizmat foydalanishi uchun bittadan elektromobil beriladi.
Binolar energiya samaradorligiga tekshiriladi
Maydoni 200 kvadrat metrdan ortiq bino va inshootlarning energiya samaradorligi toifasini aniqlash uchun «A», «V», «C», «D», «Ye», «F» va «G» toifalari joriy etiladi. Bunda "A" toifasi eng yuqori energiya samaradorligiga ega bino va inshootlarni, mos ravishda «G» toifasi – eng pastini belgilash uchun qo‘llaniladi.
Nurafshon shaxar
YUXKM boshlig‘i F.Nazarov