Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

TRANSPORT VOSITASINI ISHLAB CHIQARUVCHI YURIDIK SHAXSLARGA TRANSPORT VOSITASINING IDENTIFIKATSIYA RAQAMINI SHAKLLANTIRISH QANAQA TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI???


TRANSPORT VOSITASINI ISHLAB CHIQARUVCHI YURIDIK SHAXSLARGA TRANSPORT VOSITASINING IDENTIFIKATSIYA RAQAMINI SHAKLLANTIRISH QANAQA TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI???

 

Bugungi kunda, aholining ijtimoiy muhofaza qilish, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bir qator qonun hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Xususan, transport vositalarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevral kunidagi “Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 127-son Qarori bilan tartibga solinishi nazarda tutilgan.

Mazkur qarorning 1-ilovasi 2-bandiga muvofiq mazkur xizmat davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali ko‘rsatilishi, bunda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantirishni ta’minlashi qayd etilgan.

Xususan, mazkur qarorning 1-ilovasi 8-bandiga muvofiq talabgorlar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etishi yoki davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tishi keltirib o‘tilgan.

Institutga so‘rovnoma kelib tushganidan so‘ng besh ish kuni mobaynida Institut transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantiradi va transport vositalarining shakllantirilgan identifikatsiya raqami uchun bir ish kuni ichida           3-ilovaga muvofiq transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.

Dalolatnomada transport vositasining identifikatsiya raqami blankasining reyestr raqami qo‘yiladi va transport vositasining identifikatsiya raqami birinchi uchta pozitsiyasining WMI kodi aniqlanadi.

Agar tashkilot yiliga 500 tadan kam transport vositasi ishlab chiqarganda, transport vositasi identifikatsiya raqamining ko‘rsatuvchi qismi VIS kodi Institut tomonidan belgilanadi.

Transport vositasining identifikatsiya raqami har bir transport vositasiga to‘liq foydalanish davrida ishlatish uchun beriladi. WMI kodi mazkur Reglamentga            4-ilovaga muvofiq Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish shakli asosida 30 yillik muddatga muayyan ishlab chiqaruvchiga beriladi.

Dalolatnoma rasmiylashtirilgan kunning o‘zida transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish blankasi to‘ldirilib, Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yuboriladi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, fuqarolar tomonidan o‘zlari yashab turgan tuman(shahar) davlat xizmatlari markaziga murojaat etishlari yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tishlari orqali amalga oshirilishi mumkin.

Qibray tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish sho‘basi boshlig‘i Abdusattorov Jaxongir Jalolovich