Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish uchun javobgarlik mavjudmi?


Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish uchun javobgarlik mavjudmi?

 

       O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasiga asosan,- Taqiqlangan ekinlarni, ya’ni ko‘knor yoki moyli ko‘knor, kannabis o‘simligi yoxud tarkibida giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo‘lgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish yoki yetishtirish —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat:

a) ilgari giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;

b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;

v) o‘rtacha kattalikdagi ekin maydonida sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat:

a) o‘ta xavfli residivist tomonidan;

b) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini ko‘zlab;

v) katta ekin maydonida sodir etilgan bo‘lsa, —

Oldingi tahrirga qarang.

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilab qo‘yilgan.

Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM

bosh yuristkonsulti                D.P.Tojiboev