Янгиликлар
Qishloq joylarda chet tillarni o‘qitganlar uchun qanday imtiyozlar mavjud?
Qishloq joylarda chet tillarni o‘qitganlar uchun qanday imtiyozlar mavjud?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2021 yildagi PQ-5117-son qaroriga asosan 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini ta’sis etilgan bo‘lib,-
Bunda, sovrin uchun musobaqalar umumta’lim maktablari o‘rtasida quyidagi uch bosqichda tashkil etilgan holda:
birinchi bosqich — tuman va shaharlarda o‘tkazilib, g‘oliblar 100 mln so‘mgacha;
ikkinchi bosqich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilib, g‘oliblar 250 mln so‘mgacha;
uchinchi bosqich — respublika miqyosida o‘tkazilib, g‘oliblar 500 mln so‘mgacha pul mablag‘lari bilan mukofotlanishi ko‘rsatilgan.
Shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik sub’ektlariga 50 mln so‘mgacha mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish amaliyotini yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.
Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM
bosh yuristkonsulti D.P.Tojiboev