Янгиликлар
Ish beruvchi qanday xuquqlarga ega ?
Ish beruvchi qanday xuquqlarga ega ?
O‘zbekiston Respublikasi Mexnat kodeksining 24-moddasida ish beruvchining xuquqlari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib,- ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish hamda bekor qilish;
jamoa muzokaralari tashabbusi bilan chiqish va jamoa shartnomalarini tuzish;
xodimlarni halol samarali mehnati uchun rag‘batlantirish;
xodimlardan o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishini va ish beruvchining mol-mulkiga (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchida bo‘lgan mol-mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but saqlanishi uchun javobgar bo‘lsa) ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishini, ichki mehnat tartibiga rioya etishini talab qilish;
xodimlarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortish;
xodimlarni ular tomonidan ham ish beruvchiga bevosita yetkazilgan, ham boshqa shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash natijasida ish beruvchida yuzaga kelgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri haqiqiy zarar uchun moddiy javobgarlikka tortish;
ichki hujjatlarni qabul qilish (bundan yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lmagan, jismoniy shaxs bo‘lgan ish beruvchilar mustasno);
o‘z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida ish beruvchilar birlashmalarini tashkil etish hamda ularga a’zo bo‘lish.
Ish beruvchi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM
boshlig‘i S.R.Xasanboev