Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buziganlik uchun javobgarlik mavjudmi?


Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buziganlik uchun javobgarlik mavjudmi?

       O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 155-prim-4- moddasiga asosan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish -Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish yoki ayirboshlash, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish, —

kripto-aktivlarni hamda mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollarini musodara qilib, o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq o‘ziga nisbatan ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM

bosh yuristkonsulti                Payziev M.M.