Янгиликлар
Mobil qurilmaning xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodini yoki abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonunga xilof ravishda o‘zgartirish uchun javobgarlik mavjudmi?
Mobil qurilmaning xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodini yoki abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonunga xilof ravishda o‘zgartirish uchun javobgarlik mavjudmi?
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 155-prim-3- moddasiga asosan Mobil qurilmaning xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodini qonuniy ishlab chiqaruvchining ruxsatisiz o‘zgartirish, xuddi shuningdek ushbu maqsadda maxsus dasturlarni ishlab chiqish, tarqatish yoki ulardan foydalanish, —
huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonuniy ishlab chiqaruvchining yoki uning qonuniy egasining ruxsatisiz o‘zgartirish yoki uning nusxasini yaratish, —
huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM
bosh yuristkonsulti Payziev M.M.