Янгиликлар
Kompyuter tizimidan foydalanish qoidalarini buzishuchun javobgarlik mavjudmi?
Kompyuter tizimidan foydalanish qoidalarini buzishuchun javobgarlik mavjudmi?
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 155-prim-1-moddasiga asosan Kompyuter tizimidan foydalanishga ruxsati bo‘lgan shaxsning ushbu tizimdan foydalanishning belgilangan qoidalarini buzishi kompyuter axborotining yo‘q qilib yuborilishiga, to‘sib qo‘yilishiga, modifikatsiyalashtirilishiga, kompyuter uskunasi ishlashining buzilishiga sabab bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik o‘ta muhim axborot mavjud bo‘lgan kompyuter tizimidan foydalanish vaqtida sodir etilsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM
bosh yuristkonsulti Payziev M.M.