Янгиликлар
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibini buzish uchun javobgarlik mavjudmi?
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibini buzish uchun javobgarlik mavjudmi?
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 152-moddasiga asosan Radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalarni loyihalash, qurish (o‘rnatish) va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalarini, radioayirboshlash va radiochastotalardan foydalanish qoidalarini buzish, radionurlanishning texnik reglamentlari yoki davlat standartlari, normalari va belgilangan tartibda o‘rnatilgan parametrlariga rioya etmaslik, —fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravargacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Radioelektron vositalari yoki yuqori chastotali qurilmalarni tayyorlash, olish, sotish yoki o‘zgaga doimiy yoxud vaqtincha foydalanish uchun berish tartibini buzish —
radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM
bosh yuristkonsulti Payziev M.M.