Янгиликлар
Ruxsatsiz radiouzatkich shoxobchasi o‘rnatish va (yoki) undan foydalanish, shuningdek abonentlik qurilmasini elektr aloqa tarmoqlariga ulash uchvun javobgarlik mavjudmi?
Ruxsatsiz radiouzatkich shoxobchasi o‘rnatish va (yoki) undan foydalanish, shuningdek abonentlik qurilmasini elektr aloqa tarmoqlariga ulash uchvun javobgarlik mavjudmi?
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 151-moddasiga asosan - Quvvatidan qat’i nazar radiouzatkich shoxobchasini ruxsatsiz o‘rnatish va (yoki) undan foydalanish—
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Abonentlik qurilmasini ro‘yxatdan o‘tkazmay yoki ruxsatsiz elektr aloqa tarmoqlariga ulash —
abonentlik qurilmasini musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM
bosh yuristkonsulti Payziev M.M.