Янгиликлар
Er egalari yoki yerdan foydalanuvchilarning avtomobil yo‘llarini va yo‘l inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzishi uchun javobgarlik mavjudmi?
Er egalari yoki yerdan foydalanuvchilarning avtomobil yo‘llarini va yo‘l inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzishi uchun javobgarlik mavjudmi?
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 149-moddasiga asosan Avtomobil yo‘llariga ajratilgan mintaqaga tutash joylardagi yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilarning umum foydalanishdagi yo‘llardagi aholi punktlari doirasida, o‘zlariga biriktirib qo‘yilgan yer maydoni chegarasida piyodalar yuradigan yo‘lkalar va ular o‘tadigan ko‘prikchalar qurish, ularni ta’mirlash va muntazam orastalab turish majburiyatlarini, shuningdek o‘zlariga biriktirilgan yer maydonidan chiqish yo‘llarini yoki umum foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga kelib tutashadigan yo‘llarni, shu jumladan kesib o‘tiladigan ko‘priklarni texnik jihatdan soz holda va ozoda saqlash majburiyatlarini bajarmaslik —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM
bosh yuristkonsulti Payziev M.M.