Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari uchun ajratilgan mintaqalarni muhofaza qilish qoidalarini buzish uchun javobgarlik mavjudmi?


Temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari uchun ajratilgan mintaqalarni muhofaza qilish qoidalarini buzish uchun javobgarlik mavjudmi?

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 148-moddasiga asosan Temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari uchun ajratilgan mintaqalarda temir yo‘l organlari va yo‘l organlari bilan kelishmay turib yerni haydash, o‘t o‘rish, chimlarni olib tashlash va tuproq olish, kanalizatsiya, sanoat, melioratsiya suvlarini va oqova suvlarni suv qochirish inshootlariga va rezervlariga oqizish, shuningdek ajratilgan mintaqalarda va yog‘och ko‘priklardan 100 metrgacha bo‘lgan masofada olov yoqish, yog‘och ko‘priklar va taxta to‘shamali ko‘priklarda chekish —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rtdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM

bosh yuristkonsulti                Payziev M.M.