Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Yo‘llarga, yo‘l inshootlariga, yo‘l harakatini tartibga solib turuvchi texnik vositalarga shikast yetkazish, ularni saqlash qoidalarini buzish, yo‘l harakatini tashkil etish talablarini bajarmaslik uchun javobgarlik mavjudmi?


Yo‘llarga, yo‘l inshootlariga, yo‘l harakatini tartibga solib turuvchi texnik vositalarga shikast yetkazish, ularni saqlash qoidalarini buzish, yo‘l harakatini tashkil etish talablarini bajarmaslik uchun javobgarlik mavjudmi?

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 147-moddasiga asosan Yo‘llarga, temir yo‘ldan o‘tish joylariga, yo‘l harakatini tartibga soluvchi boshqa inshootlar yoki texnik vositalarga shikast yetkazish, shuningdek yo‘l harakatiga qasddan, shu jumladan yo‘l qoplamasini ifloslantirish yo‘li bilan xalal berish, xuddi shuningdek avtomobil yo‘llarini o‘zboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va to‘siqlar yaratish, avtomobil yo‘lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shuningdek yo‘llarni saqlash qoidalarini buzish —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Yo‘l belgilarini o‘rnatish, yo‘llarni, temir yo‘ldan o‘tish joylari va boshqa yo‘l inshootlarini harakat uchun xavfsiz holda saqlash qoidalarini buzish yoki yo‘lning ayrim qismlaridan foydalanish harakat xavfsizligiga tahdid etadigan paytda ularda harakatni o‘z vaqtida taqiqlash yoki cheklash choralarini ko‘rmaslik, shuningdek yo‘l harakatini tashkil etish talablarini bajarmaslik —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM

bosh yuristkonsulti                Payziev M.M.