Янгиликлар
Shaharlar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Shaharlar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Yer to‘g‘risidagi kodeksning 7-moddasiga asosan- Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar shaharlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:
yerlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda jismoniy va yuridik shaxslar bilan yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomasini tuzish;
yer tuzishni, yerlarning monitoringini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning hamda ularga oid bitimlarning davlat ro‘yxatiga olinishini tashkil etish;
yer munosabatlarini tartibga solish sohasida shaharlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlari jumlasiga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.
Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM
boshlig‘i S.R.Xasanboev