Янгиликлар
Erlarni toifalarga bo‘lish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish mumkinmi ?
Erlarni toifalarga bo‘lish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish mumkinmi ?
O‘zbekiston Respublikasi Yer to‘g‘risidagi kodeksning 9-moddasiga asosan- O‘zbekiston Respublikasi Yer to‘g‘risidagi kodeksning 9-moddasiga asosan- Yerlar asosiy foydalanish maqsadiga qarab yer fondi toifalariga bo‘linadi.
Yerlardan asosiy foydalanish maqsadi — yerlardan yer-kadastr hujjatlarida aks ettiriladigan aniq maqsadlarni ko‘zlab foydalanishning qonunchilikda belgilangan tartibi va shartlaridir.
Yerlarni yer fondining bir toifasidan boshqasiga o‘tkazish yerlardan asosiy foydalanish maqsadi o‘zgargan taqdirda amalga oshiriladi.
Yerlarni yer fondi toifalariga bo‘lish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish mustasno.
Sug‘orilmaydigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi, sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga yoki sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga o‘tkazish esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Yer fondining toifasi yer uchastkalarini berish huquqiga ega bo‘lgan organlar tomonidan qabul qilinadigan yer uchastkalarini berish to‘g‘risidagi qarorlarda, ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reestridan elektron ko‘chirmalarda, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi shartnomalarda, boshqa hujjatlarda, davlat yer kadastri hujjatlarida ko‘rsatiladi.
Yerlarni bir toifadan boshqasiga o‘tkazishning belgilangan tartibini buzish bunday o‘tkazish faktlarini g‘ayriqonuniy deb va ular asosida tuzilgan yer uchastkalariga doir bitimlarni haqiqiy emas deb topishga, shuningdek yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olishni rad etishga asos bo‘ladi.
Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM
boshlig‘i S.R.Xasanboev