Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Yer uchastkasi nima?


Yer uchastkasi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Yer to‘g‘risidagi kodeksning 10-moddasiga asosan- Yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega bo‘lgan qismidir.

Yer uchastkasining chegarasi planlarda (chizmalarda) qayd etiladi va naturada (joyning o‘zida) belgilanadi. Yer uchastkasining maydoni naturada (joyning o‘zida) chegara belgilanganidan keyin aniqlanadi.

Yer uchastkasi bo‘linadigan va bo‘linmaydigan bo‘lishi mumkin.

O‘zining asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan va yong‘inga qarshi, sanitariya, ekologiyaga oid, shaharsozlik hamda boshqa majburiy normalar va qoidalarni buzmagan holda qismlarga bo‘lish mumkin bo‘lgan va bu ish amalga oshirilganidan keyin hosil bo‘lgan qismlarning har biri mustaqil yer uchastkasini tashkil etishi mumkin bo‘lgan yer uchastkasi bo‘linadigan yer uchastkasi hisoblanadi.

Foydalanish maqsadiga ko‘ra mustaqil yer uchastkalariga bo‘linishi mumkin bo‘lmagan yer uchastkasi bo‘linmaydigan yer uchastkasi hisoblanadi.

Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM

boshlig‘i             S.R.Xasanboev