Янгиликлар
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqining vujudga kelishi
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqining vujudga kelishi
O‘zbekiston Respublikasi Yer to‘g‘risidagi kodeksning 18-moddasiga asosan- Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilganda, qonunchilikda belgilangan tartibda yuzaga keladi.
Diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning yer uchastkalariga mulk huquqi ularga o‘zlari vakolatxona binosi sifatida foydalanayotgan imorat yoki imoratning qismlari, shu jumladan vakolatxona boshlig‘ining qarorgohi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, shuningdek mazkur vakolatxonalarning imoratlarini qurish uchun yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda realizatsiya qilinganda vujudga keladi.
Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM
boshlig‘i S.R.Xasanboev