Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi qanday?


Yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Yer to‘g‘risidagi kodeksning 20-moddasiga asosan- Yer uchastkalari viloyat va Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan davlat organlariga, muassasalariga va korxonalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga beriladi. Yerlarning mo‘ljallangan asosiy maqsadiga muvofiq:

shahar va posyolka quriladigan yerlarning ma’muriy imoratlar hamda inshootlar qurilgan yerlari yoki shunday imoratlar va inshootlar qurish uchun berilgan yerlar, aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari, shaharlardagi daraxtzorlar egallagan yerlar;

sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar;

tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar;

tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar;

o‘rmon fondi yerlari;

suv fondi yerlari;

qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, yer fondining boshqa toifadagi yerlari foydalanishga berilishi mumkin.

Ko‘p kvartirali uy joylashgan yer uchastkasi, shuningdek ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasi, agar u ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqacha tarzda tegishli bo‘lmasa, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari tomonidan ushbu mulkdorlarga doimiy foydalanish huquqi asosida umumiy foydalanishga beriladi.

Yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM

boshlig‘i             S.R.Xasanboev