Янгиликлар
Haq undirishni er-xotinning mol-mulkiga qaratish
Haq undirishni er-xotinning mol-mulkiga qaratish
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 34-moddasiga asosan-Er (xotin)ning majburiyatlari bo‘yicha haq undirish faqat uning mol-mulkiga qaratilishi mumkin. Ushbu mol-mulk yetarli bo‘lmagan taqdirda haq undirishni er-xotinning mol-mulkiga qaratish uchun kreditor qarzdor er (xotin) ulushini er-xotinning umumiy mol-mulkidan ajratib undirib berilishini talab qilishga haqlidir.
Agar sud er (xotin)ning majburiyatlari bo‘yicha orttirilgan barcha ashyolar oila ehtiyojlari uchun ishlatilganligini aniqlasa, er-xotinning umumiy majburiyatlari bo‘yicha, shuningdek er (xotin)ning majburiyatlari bo‘yicha haq undirish er-xotinning umumiy mol-mulkiga qaratiladi. Bu mol-mulk yetarli bo‘lmagan taqdirda er-xotin ko‘rsatib o‘tilgan majburiyatlar yuzasidan ularning har biriga qarashli mol-mulk bilan sherik javobgar bo‘ladilar.
Agar er-xotinning umumiy mol-mulki ularning biri tomonidan jinoiy yo‘l bilan topilgan mablag‘ hisobiga orttirilgani yoki ko‘paygani sud hukmi bilan aniqlangan bo‘lsa, haqni undirish tegishli ravishda er-xotinning umumiy mol-mulkiga yoki uning bir qismiga qaratilishi mumkin.
Er-xotinning voyaga yetmagan bolalari yetkazgan zarar uchun javobgarligi fuqarolik qonunchiligi bilan belgilanadi.
Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM
bosh yuristkonsulti D.P.Tojiboev