Янгиликлар
Ota-onalik huquqini cheklash oqibatlari
Ota-onalik huquqini cheklash oqibatlari
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 84-moddasiga asosan-Ota-onalik huquqi cheklangan ota-ona bolani shaxsan tarbiyalash huquqidan, shuningdek bolali fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va nafaqalar olish huquqidan mahrum bo‘ladi.
Ota-onalik huquqining cheklanishi ota-onani bolaga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Ota-onasi (ulardan biri)ning o‘ziga nisbatan ota-onalik huquqi cheklangan bola turar joyga bo‘lgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini saqlab qoladi, shuningdek ota-ona va boshqa qarindoshlari bilan tug‘ishganlik faktiga asoslangan mulkiy huquqlarini, shu jumladan meros olish huquqini saqlab qoladi.
Ota-ona ikkalasining ota-onalik huquqi cheklangan taqdirda bola vasiylik va homiylik organi qaramog‘iga olib beriladi.
Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM