Янгиликлар
Ota-onalik huquqi cheklanishini bekor qilish
Ota-onalik huquqi cheklanishini bekor qilish
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 86-moddasiga asosan-Agar ota-ona (ulardan biri)ning ota-onalik huquqlari cheklanishiga asos bo‘lgan holatlar barham topsa, sud ota-onaning (ulardan birining) da’vosiga binoan bolani ota-onasiga (ulardan biriga) qaytarish va ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan cheklashlarni bekor qilish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.
Agar bolani ota-onasiga (ularning biriga) qaytarish uning manfaatlariga zid bo‘lsa, sud bolaning fikrini hisobga olib, da’voni qanoatlantirishni rad qilishga haqlidir.
Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM
bosh yuristkonsulti D.P.Tojiboev