Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Bolaning hayoti yoki sog‘lig‘i bevosita xavf ostida qolganda bolani olish


Bolaning hayoti yoki sog‘lig‘i bevosita xavf ostida qolganda bolani olish

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 87-moddasiga asosan-Bolaning hayoti va sog‘lig‘i bevosita xavf ostida qolganda vasiylik va homiylik organi bolani ota-onadan (ularning biridan) yoki bolani o‘z qaramog‘iga olgan boshqa shaxslardan zudlik bilan olishga haqlidir. Bolani zudlik bilan olish fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining tegishli hujjatiga asosan amalga oshiriladi.

Bola olinganda vasiylik va homiylik organi tezda prokurorga xabar berishi, bolani vaqtincha muayyan yerga joylashtirishi va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi bolani olish to‘g‘risida hujjat qabul qilganidan keyin yetti kun ichida ota-onani ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki ularning ota-onalik huquqini cheklash to‘g‘risida sudga da’vo bilan murojaat etishi shart.

Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM

bosh yuristkonsulti                D.P.Tojiboev